«xususiy sektor» tegli maqolalar


O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish tartibi belgilandi
26 aprel 2024, 10:51

O‘zbekistonda avtomobil yo‘llari ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish tartibi belgilandi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiyasiga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab uzunligi 20 kilometrgacha bo‘lgan yo‘llarni ekspluatatsiyasi uchun e’lonlar davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiriladi.

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi
6 noyabr 2023, 14:42

O‘zbekistonning beshta shahrida suv ta’minoti xususiy sektorga o‘tkaziladi

2024-yil 1-iyuldan Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa majburiy to‘lovlarga kiritilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident
27 aprel 2023, 13:39

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.

Toshkent jamoat transportiga xususiy sektor jalb etiladi
9 aprel 2022, 16:45

Toshkent jamoat transportiga xususiy sektor jalb etiladi

Prezident 1 avgustga qadar Toshkent jamoat transportiga xususiy sektorni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. Shunga qaramasdan, yil oxirigacha «Toshkent shahri misolida» Nukus shahri va barcha viloyatlar markazlarida jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, joriy etish rejalashtirilmoqda.

Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni
9 aprel 2022, 13:24

Davlat korxonalari ustidan yanada ko‘proq nazorat o‘rnatiladi — prezident farmoni

Davlat korxonalarining kvazifiskal xarajatlari yaxshiroq nazorat qilinadi, davlat korxonalariga ularning faoliyatiga mos kelmaydigan yangi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning yangi farmoni bilan davlat korxonalari uchun boshqa taqiq va cheklovlar ham joriy etilmoqda.

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori
9 fevral 2022, 16:38

Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi — prezident qarori

Prezident qarori bilan bir tovar bozorida beshta va undan ortiq xususiy tadbirkor faoliyat yuritayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi. Antimonopoliya qo‘mitasi tegishli takliflarni Davlat tender komissiyasiga kiritib boradi.

2023-yilgacha xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari 3 baravarga oshirilishi mumkin
2 yanvar 2022, 23:34

2023-yilgacha xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari 3 baravarga oshirilishi mumkin

Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga asosan 2023-yilgacha davlat boshqaruvida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish maqsadida xususiy sektorga beriladigan davlat funksiyalari soni 3 baravarga oshiriladi. Jumladan, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish sohalarida davlat nazoratini xususiy sektorga o‘tkazish reja qilingan.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi
24 sentabr 2021, 11:30

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi belgilandi

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 1 avgustgacha xususiy sektorga o‘tkazish tavsiya etilgan davlat funksiyalari ro‘yxati tuziladi. Ularning yagona reyestrini shakllantirish va yuritib borishga qaratilgan elektron maydoncha yaratiladi.

Xususiy sektorga haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi
6 may 2021, 11:24

Xususiy sektorga haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi

1 iyundan boshlab xususiy sektor barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkaza oladi. Prezident qarori bilan xususiy sektorga imtihonlarni tashkil etish huquqi 1 apreldan berilishi qayd etilgan edi.

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi
9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi
9 dekabr 2020, 12:08

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi
9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihonlar xususiy korxonalar tomonidan o‘tkaziladi
30 noyabr 2020, 11:22

Haydovchilik guvohnomalari uchun imtihonlar xususiy korxonalar tomonidan o‘tkaziladi

Haydovchilik guvohnomalarini olish imtihonlari xususiy kompaniyalar tomonidan boshqariladi. Ichki ishlar vazirligi butun jarayonni nazorat qilish huquqini saqlab qoladi. Yangi tizimning 2021 yil davomida joriy etilishi kutilmoqda.

Davlat ko‘chmas mulklari ommaviy savdolarda xususiy sektorga sotiladi — prezident farmoni
28 oktabr 2020, 08:02

Davlat ko‘chmas mulklari ommaviy savdolarda xususiy sektorga sotiladi — prezident farmoni

274 ta korxona, 109 ta gazeta va nashriyotlar, 26 ta axborot texnologiyalari korxonasi, 27 ta tibbiyot muassasalari, 12 ta yog‘-moy sanoati korxonasi va 31 ta vinochilik korxonasi to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting